O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi 2023 yilda amalga oshirgan ish ko`lami haqida ma`lumot berdi. Unga ko`ra:
➖231 mingdan dan ziyod O`zbekiston fuqarolariga konsullik xizmatlari ko`rsatildi;
➖8 965 nafar hamyurtimizni chet elda ish bilan ta`minlashga ko`maklashildi;
➖xorijda moddiy jihatdan murakkab vaziyatda qolgan 5 117 nafar fuqaromizga moddiy yordam berildi;
➖chetda qiyin vaziyatlarda qolgan 585 nafar fuqaromiz Vatanimizga qaytarildi;
➖150 nafardan ziyod fuqarolar vaqtincha saqlash muassasalaridan olib chiqildi;
➖pasporti ish beruvchilar tomonidan noqonuniy tarzda olib qo`yilgan 200 nafar fuqarolarimizga shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar qaytarildi.
Jismoniy va yuridik shaxslardan umumiy hisobda 134 mingdan ziyod murojaat kelib tushgan.
Ulardan 15 300 tasi Vazirlik Konsullik-huquqiy departamentiga, 119 mingdan ortig`i chet eldagi vakolatxonalarimizga yuborilgan.
2023 yil davomida 146 mingdan ziyod chet el fuqarolariga O`zbekistonga kirish vizalari rasmiylashtirilgan, shundan 91 mingdan ortig`i elektron tarzda berilgan.
30.12.2023 16:46
Tashqi ishlar vazirligi 2023 yilda amalga oshirgan ish ko`lami haqida ma`lumot berdi






