Xalqaro aeroportlar kengashining Evropa bo`limi (ACI Europe) taqdim qilgan ma`lumotga ko`ra, oktyabr oyi yakunlari bilan Samarqand aeroporti mintaqaviy va kichik aeroportlar toifasida yiliga 100 mingdan 1 milliongacha yo`lovchiga xizmat ko`rsatish imkoniga ega bo`lgan.
Aeroport yo`lovchi tashish ko`rsatkichi 2019 yil oktyabr oyiga nisbatan 139 foizini tashkil etgan va 4-o`rinni egallagan. Shuningdek, aeroportning 2019 yilning xuddi shu davrigacha yo`lovchi tashish ko`rsatkichi 103,7 foizga o`sib, 3-o`ringa ko`tarildi.
Aeroport orqali joriy yilning boshidan buyon Samarqanddan 7 ta ichki va 20 ta xalqaro yo`nalishlarda parvozlar amalga oshirildi.
30.12.2023 21:22
Samarqand xalqaro aeroporti Evropadagi eng yirik aeroportlar TOP-5 taligiga kirdi






