Avvalroq, “Azon Global” axborot tahliliy portali asoschisi Mubashshir Ahmad 2023 yilning 28 dekar kuni tongda Turkiya Ichki ishlar tizimi xodimlari tomonidan gumonlanuvchi sifatida olib ketilgani haqida xabar bergan edik. Holat yuzasidan Bosh konsulxona ma`lumot berdi.
Unga ko`ra, haqiqatdan ham 2023 yilning 28 dekabr kuni O`zbekiston Respublikasi fuqarosi 1974 y.t. Tursunov Alisher Axmadovich (tahallusi “Mubashshir Ahmad”) Turkiya polisiyasi tomonidan o`zi yashab turgan uyidan olib ketilganligini va Istanbul viloyati Chatalja tumanida joylashgan Binkilich deportasiya markaziga joylashtirilgan.
O`zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi va Bosh konsulxonasi tomonidan vatandoshimizga nisbatan tegishli konsullik-huquqiy yordam ko`rsatilayotganligini ma`lum qilamiz, deyiladi xabarda.






