AsosiyJamiyat

Shahrisabz hududidagi 240 gektar erda turistik markazi tashkil etiladi

'Shahrisabz hududidagi 240 gektar erda turistik markazi tashkil etiladi'ning rasmi

Prezident qaroriga muvofiq Shahrisabz tumani hududida “Shahrisabz” turistik markazi tashkil etiladi. Bu haqida Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.

“Shahrisabz” turistik markazi “Miraki”, “Amir Temur”, “Uloch” va “Polmon” mahalla fuqarolar yig`inlari hududidagi umumiy maydoni 240 gektar bo`lgan er uchastkasidan iborat bo`ladi. Ishlab chiqilgan master-rejaga asosan Turistik markazda zamonaviy xizmat ko`rsatish majmualari va turizm infratuzilmasi obektlari, jumladan, mehmonxonalar, mehmon uylari, sog`lomlashtirish, savdo-ko`ngilochar markazlar joylashtirish ko`zda tutilgan.

Shuningdek, dam oluvchilarga zamonaviy sharoitlar yaratish maqsadida 2024–2025 yillarda Turistik markazda uchta zamonaviy mehmonxona kompleksi, ovqatlanish, xizmat ko`rsatish va savdo-ko`ngilochar markazlar, ochiq turdagi avtoturargoh hamda dor yo`li barpo etiladi.

 

    Boshqa yangiliklar