AsosiyJamiyat

Qozog`istonda gaz balloni portlashi oqibatida o`zbek ayol halok bo`ldi

'Qozog`istonda gaz balloni portlashi oqibatida o`zbek ayol halok bo`ldi'ning rasmi

Turkiston viloyatida novvoyxonada ro`y bergan dahshatli portlashda yaralangan ayol vafot etdi.

17 yanvar kuni taxminan soat 13:50da O`zbekiston fuqarolari bo`lgan ikki jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizilgan. Ikkalasi ham kuyishgan, erkak 30%, ayol esa 70% tanasi kuygan. Bugun kunduzgi soat birlarda tanasining 70 foizi kuygan ayol vafot etgan. Erkak hali ham davolanmoqda va uning ahvoli barqaror.

Fojia 17 yanvar kuni sodir bo`lgan. Yong`in novvoyxona va do`konning qariyb ikki yuz kvadrat metr maydonini qamrab olgan. Qutqaruvchilarning so`zlariga ko`ra, ballonlardan biri yong`in sodir bo`lgan joyga yaqin turgani sababli undagi gaz tezda qizib, kengayib, portlash sodir bo`lgan.

Yong`in sodir bo`lgan joyga etib borgach, novvoyxonadan har biri 50 litrdan yana ikkita gaz balloni va bir xil miqdordagi 25 litrli gaz ballonlari olib chiqib ketilgan.

    Boshqa yangiliklar