“O`zgidromet” xabariga ko`ra, bugun kunduzi respublika bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida va kechga tomon Farg`ona vodiysi viloyatlarida ba`zi joylarda biroz yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 5-10° iliq, shimolda 3° sovuq-2° iliq bo`ladi.
Poytaxtda vaqti-vaqti bilan biroz yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 5-7° iliq bo`ladi.
Tog` oldi va tog`li hududlarida ba`zi joylarda qor yog`adi, tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog`li hududlarida qor ko`chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5° iliq bo`ladi.






