O`zbekiston fuqarolari Xorvatiyaga ishga taklif qilinmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi axborot xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, ish turi — qoliplash (opalubshik), metall konstruksiyalarni mahkamlash (montajnik metallokonstruksiy).
Nomzodlar uchun quyidagicha talablar qo`yilgan:
- 18-50 yosh;
- rus yoki ingliz tillarini bilish;
- so`ralayotgan bo`sh ish o`rinlari bo`yicha kamida 5 yillik ish tajribasi (tasdiqlovchi hujjat bilan);
- sudlanmagan;
- xorijga chiqish ta`qiqlanmagan;
- jismonan va ruhan sog`lom;
- zararli odatlardan holi.
Ish haqi: oyiga 900 evrodan boshlanadi. Yotoqxona va transport xarajatlari ish beruvchi hisobidan. Quyidagi xarajatlar fuqaro hisobidan:
- viza to`lovi;
- aviachipta;
- agentlik to`lovi.






