1

Shahrisabzda iste`molga yaroqsiz yog` mahsulotlari ishlab chiqarayotgan xonadon aniqlandi

Jinoyat 19.01.2024, 14:24
Shahrisabzda iste`molga yaroqsiz yog` mahsulotlari ishlab chiqarayotgan xonadon aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shahrisabz tuman bo`limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda  tezkor tadbir o`tkazildi. Bu haqda Departament Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unda fuqaro M.T. o`z uyining yordamchi xo`jaligida yashirin sex tashkil qilib, iste`molga yaroqsiz yog` mahsulotlari ishlab chiqarayotganligi aniqlanib, 410 litr qo`lbola yog`, 522 kg chigit, 4 dona elektr dvigatel, juvoz uskunasi va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar moddiy boyliklar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1