"Dok-1 Maks" ishining joriy yil 19 yanvar kungi sud majlisida Quramax Medical MChJ direktori, hindistonlik sudlanuvchining advokati tomonidan himoyasidagi shaxs bir necha kasallik bilan og`rib kelishi va hibsxonadagi ovqatlarni iste`mol qilaolmasligi oqibatida 15 kg vazn yo`qotgani ma`lum qilindi. Bu haqda O`zA xabar qildi.
Advokat sudlanuvchiga qo`llanilgan qamoq ehtiyot chorasini boshqa usulga o`zgartirishni so`rab iltimosnoma kiritdi. Biroq sud ushbu chorani “barvaqt”, deb topib rad etdi.
Sud davom etmoqda, deya yoziladi xabarda.
19.01.2024 17:01
"Dok-1 Maks" fojiasi: Hindistonlik sudlanuvchiga qamoq bilan bog`liq bo`lmagan ehtiyot chorasiga o`zgartirish so`raldi






