AsosiyJamiyat

Navoiyda ikki o`quvchini urib, jarohat etkazgan direktor o`rinbosariga ma`muriy ish qo`zg`atildi

'Navoiyda ikki o`quvchini urib, jarohat etkazgan direktor o`rinbosariga ma`muriy ish qo`zg`atildi'ning rasmi

Bir qator OAVlarda “Xatirchida direktor o`rinbosari ikki o`quvchini urib, jarohat etkazdi” sarlavhasi ostida maqola e`lon qilindi.

Mazkur holat Bolalar ombudsmani tomonidan o`rganildi, deya xabar beradi matbuot xizmati.

Ta`kidlanishicha, ushbu voqea bo`yicha tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazilib, uning doirasida maktabning o`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari A.Q. voyaga etmagan O.T. hamda Z.A. ga nisbatan etkazgan tan jarohati yuzasidan sud tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

11.10.2023 yildagi ekspertiza xulosasi va ish materiallari asosida A.Q.ning harakatlari yuzasidan tuman IIB tomonidan MJtKning 41-modda va 52-modda 2-qismi bilan ma`muriy ish qo`zg`atilib, Xatirchi tumani JIB sudiga yuborilgan.

Shu bilan birga, JIB Xatirchi tumani sudining 31.10.2023 yildagi ajrimiga asosan to`plangan hujjatlar qo`shimcha surishtiruvga qaytarilib, tuman IIB tomonidan qo`shimcha surishtiruv ishlari yakunlangan va 16.01.2024 yilda JIB Xatirchi tumani sudiga yuborilgan hamda hozirda ish sud muhokamasi bosqichida.

Ta`lim muassasasida o`quvchilarga nisbatan sodir etilgan bunday zo`ravonlik holatlarining oldi olinishi yuzasidan ko`rilayotgan choralar Xatirchi tuman prokuraturasi nazoratidadir.

Bolalar ombudsmani mazkur holat yuzasidan o`z kuzatuvini davom ettiradi, bu borada qo`shimcha ravishda ma`lumot beriladi.

    Boshqa yangiliklar