AsosiyJamiyat

Ijara huquqini auksion orqali sotishga ruxsat berilmoqda

'Ijara huquqini auksion orqali sotishga ruxsat berilmoqda'ning rasmi

Adliya vazirligi tashabbusi bilan ishlab chiqilgan “Qishloq xo`jaligiga mo`ljallangan er uchastkalarini ijaraga berish tartibini takomillashtirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlari to`g`risida”gi Farmon O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolandi.

Unga muvofiq, garovga qo`yuvchining er uchastkasiga bo`lgan huquqlar garovi bilan ta`minlangan majburiyati bajarilmagan taqdirda, er uchastkasidan foydalanish maqsadini o`zgartirmagan holda, ijara huquqini er ijarasi shartnomasining qolgan davriga elektron onlayn-auksion savdolari orqali realizasiya qilishga ruxsat etiladi. Bunda:

-er uchastkasiga ijara huquqini elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarishni vakolatli organlar bilan kelishish (xulosa olish) talab etilmaydi;

-sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to`g`risidagi qonunchilikka muvofiq ijara huquqini elektron onlayn-auksion savdolarida realizasiya qilishdan tushgan mablag`lar qonunda belgilangan tartibda taqsimlanadi.

    Boshqa yangiliklar