Uzbekistan Airways yo`lovchilar va kutib oluvchilar diqqatiga muhim ma`lumotni e`lon qildi.
Ma`lum qilinishicha, noqulay ob-havo sharoiti tufayli havo kemalarining harakatlanish jadvaliga o`zgartirishlar kiritildi. Ushbu munosabat bilan, HY501/532 Toshkent-Pekin-Toshkent yo`nalishi bo`yicha reysi parvoz jadvalidan taxminan 3 soatu kechikib amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Parvozning taxminiy amalga oshirilishi jadvali:
Toshkentdan jo`nab ketish 20 yanvar soat 16:50, Toshkent vaqti bilan.
Pekinga etib kelish 21 yanvar soat 2:10, Pekin vaqti bilan.
Pekindan jo`nab ketish 21 yanvar soat 2:40, Pekin vaqti bilan.
Toshkentga etib kelish 21 yanvar soat 6:00, Toshkent vaqti bilan.
“Qo`shimcha ma`lumot olish uchun Uzbekistan Airways aloqa markaziga (+998-78-140-02-00) va aviakompaniyaning Pekin shahridagi vakolatxonasiga murojaat qilishingizni so`raymiz. Keltirilgan noqulayliklar uchun yo`lovchilar va ularni kutib oluvchilardan uzr so`raymiz va tushunishingizga umid qilamiz”, - deyiladi xabarda.