AsosiyJamiyat

Buxoro aeroporti faoliyatiga cheklov kiritildi

'Buxoro aeroporti faoliyatiga cheklov kiritildi'ning rasmi

Mahalliy vaqt bilan soat 08:08dan boshlab Buxoro aeroportida havo kemalarini qabul qilishga cheklovlar joriy etildi. Bu haqda Uzbekistan Airports
xabar qildi. Cheklovga tuman tushishi va ko`rish masofasi qisqargani sabab bo`lgan.

“Silk avia” aviakompaniyasining Toshkent-Buxoro yo`nalishi bo`yicha uchgan UC-803 reysi ekipaji Samarqanddagi muqobil aerodromga yo`l olishga qaror qildi. Bortida 58 yo`lovchi bo`lgan samolyot mahalliy vaqt bilan soat 09:05 da Samarqandga qo`ndi.

    Boshqa yangiliklar