1

Angrenda amalda bajarilmagan ishlar uchun 670 mln so`mni o`zlashtirgan mas`ul shaxslar aniqlandi

Jinoyat 20.01.2024, 15:14
Angrenda amalda bajarilmagan ishlar uchun 670 mln so`mni o`zlashtirgan mas`ul shaxslar aniqlandi

 Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Angren shahar bo`limi tomonidan  tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi. Bu haqda Departament Matbuot xizmati xabar bermoqda 

Unda “A.I.E.” DUK  shaxslari YaTT “U.A.” tuzilgan shartnomaga asosan ekskavator xizmatlari ijarasi uchun ko`rsatilgan ishlar bajarilmagan bo`lsada, YaTT “U.A.” tomonidan 670 mln so`mlik ishlar (xizmatlar) bajarilganligi haqida elektron hisob-fakturaga soxta ma`lumotlar kiritilib, o`zganing mulkini o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilinganligi aniqlangan. 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish), 209-moddasi (mansab soxtakorligi) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1