Qonunga ko`ra, mehnat shartnomasi bo`yicha ishlayotgan haydovchilar quyidagi huquqlarga ega. Bu haqda Huquqiy axborot xabar bermoqda.
- ish beruvchidan harakatlanish yo`nalishi, tashiladigan yuk haqida, o`z hayoti va sog`lig`i uchun mavjud bo`lgan tahdid to`g`risida, zararli va sms(yoki) xavfli omillar ta`siridan o`zining himoya qilinishiga doir chora-tadbirlar haqida ishonchli axborot olish;
- shaxsiy himoya vositalari, maxsus kiyim-bosh bilan ta`minlanish; yo`l harakati xavfsizligini ta`minlash bo`yicha shart-sharoitlarni yaxshilash bilan bog`liq masalalarni ko`rib chiqishda ishtirok etish;
- o`z hayoti va sog`lig`iga tahdid soladigan vaziyatda, tashishni rad etish;
- yo`l harakati xavfsizligi sohasida malakasini oshirish va kasbiy qayta tayyorgarlikdan o`tish;
- mehnat vazifalarini bajarish chog`ida o`z sog`lig`iga etkazilgan zararning o`rni qoplanishi;
- ish beruvchining yo`l harakati sohasidagi g`ayrihuquqiy qarorlari va harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish.






