DXX axborot xizmatining ma`lum qilishicha, DXX Samarqand viloyati Boshqarmasi hamda IJQK Departamenti viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida o`tkazilgan tezkor tadbirda Samarqand shahridagi “Amur” ko`chasida yashovchi, 1995 y.t. fuqaro Z.N. va Samarqand tumani “Urganji” mahallasida yashovchi, 1989 y.t. xususiy tadbirkor J.Z. “Toshkent – Istanbul – Lissabon – Gvatemala – Meksika - AQSh” yo`nalishi orqali AQShning Texas shtati hududiga Meksika orqali noqonuniy ravishda o`tkazishni va`da qilib, 23 000 ming AQSh dollari miqdoridagi pullarni talab qilgan holda Samarqand tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro F.A. dan 10 000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olayotgan vaqtida jinoyat ustida qo`lga olingan.
Hozirda yuqorida keltirilgan har ikkala fuqaroga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atish rejalashtirilmoqda.






