AsosiyJamiyat

Quyi Chirchiqda 15 yoshli bolaning tanasi 90 foiz kuyib ketdi

'Quyi Chirchiqda 15 yoshli bolaning tanasi 90 foiz kuyib ketdi'ning rasmi

Bolalar ombudsmaniga Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanida istiqomat qiluvchi, 2008 yilda tug`ilgan J.J. o`z yashash xonadonida isituvchi qozon portlashi oqibati 90% og`ir tana kuyish jarohati olganligi tufayli muntazam tibbiy xizmatga va davolanish uchun moddiy yordam ko`rsatilishiga muhtojligi to`g`risidagi murojaat kelib tushdi, deya xabar bermoqda Bolalar ombudsmani axborot xizmati. 

Ma`lum qilinishicha, Bolalar ombudsmani Sog`liqni saqlash vazirligi va Bosh prokuratura bilan birgalikda mazkur holatni o`rgangan. 

Aniqlanishicha, 2008 yilda tugilgan J.J. 04.10.2023-yilda bunday jiddiy kuyish jaroxatini olganidan so`ng Respublika shoshilinch yordamga olib kelinib, u erda barcha tez tibbiy yordam choralari ko`rilgan va 2 oy davomida (04.10.2023-04.12.2023) shifokorlar tomonidan davolanib, zarur tibbiy muolajalar ko`rsatilgan. 

So`ng esa jarohatlar darajasi murakkabligiga va doimiy tibbiy kuzatuv talab etishiga qaramay J.J. ota-onasi tomonidan uy sharoitida parvarish qilish uchun olib ketilgan.

Hozirda J.J. ga zarur tibbiy muolajalar ko`rsatildi va doimiy shifokor kuzatuvi biriktirildi. Shuningdek, viloyat Sog`liqni saqlash boshqarmasi tomonidan qizga muntazam davolanish uchun kerak bo`lgan dori-darmonlar ta`minlanmoqda hamda unga nogironlik nafaqasini belgilash uchun kerakli tibbiy hujjatlar to`planish jarayonida. 

Bolaning sog`lig`ini ta`minlash masalasi hozirda viloyat prokuraturasi nazoratida bo`lib, Bolalar ombudsmani ham bu borada o`z kuzatuvini davom ettiradi, deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar