“Yoshlar siyosati va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi prezident farmoni imzolandi.


Unga ko`ra, Yoshlar ishlari agentligi Yoshlar siyosati va sport vazirligi tarkibidan chiqarilib, Vazirlar Mahkamasi bo`ysunuviga o`tkazildi.
Yoshlar siyosati va sport vazirligi negizida Sport vazirligi tashkil etildi.
Qayd etilishicha, Sport vazirligi Toshkentning Abdulla Qodiriy ko`chasi 2-uy manzilida, Yoshlar ishlari agentligi esa Alisher Navoiy ko`chasi 11-uy manzilida joylashadi.






