AsosiyJamiyat

Toshkentda yana ikki kishi ushlandi. Jabr ko`rganlardan murojaat qilishlari so`ralmoqda

'Toshkentda yana ikki kishi ushlandi. Jabr ko`rganlardan murojaat qilishlari so`ralmoqda'ning rasmi

Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bilan tergov qilinayotgan jinoyat ishi doirasida quyidagi shaxslar jinoyat sodir etganlikda gumonlanib ushlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar qildi. Ushlangan shaxslar:

1968 y.t. Aripov Ismatilla Raxmatullaevich

1980 y.t. Aripov Ulmasjon Raxmatullaevich

Gumon qilinuvchilarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llangan. Tergov davom etmoqda.

"Hurmatli fuqarolar agar Siz ushbu shaxslardan yoki jinoiy guruh a`zolaridan jabr ko`rgan bo`lsangiz yoki ushbu shaxsning jinoiy xatti-harakatlari bo`yicha ma`lumotlarga ega bo`lsangiz, Toshkent shahar IIBBning 71-206-45-69, 71-206-49-46 yoki 102 raqamlariga yoxud 99-370-73-94 telegram raqamiga murojaat qilishingizni so`raymiz. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi", - deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar