AsosiyJamiyat

O`zbekistonning uchta hududida kredit mablag`larini talon-taroj qilish holatlari aniqlandi

'O`zbekistonning uchta hududida kredit mablag`larini talon-taroj qilish holatlari aniqlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qorako`l tuman bo`limi tomonidan AT “Xalq banki” Buxoro viloyat filialining murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi. Bu haqda Departament Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Unda “G.Ch.” fermer xo`jaligi mas`ul shaxslari va boshqalar chorvachilikni rivojlantirish uchun ajratilgan 423 560 AQSh dollari miqdoridagi kreditni soxta hujjatlarni rasmiylashtirish orqali garov ta`minotisiz qoldirib, ushbu mablag`larni o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Shahrisabz shahar bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “K.T.” MChJ rahbari S.Q. va boshqalar o`zaro til biriktirib, 10 nafar fuqaroga issiqxona qurish va tikuvchilik faoliyatini yo`lga qo`yish uchun ajratilgan 457 mln so`m kreditni rasmiy hujjatlarga soxta ma`lumotlar kiritish orqali o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Departamentning Oltinsoy tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa tumandagi “Q.” MFY bo`yicha sobiq hokim yordamchisi Q.N. 7 nafar fuqaroga issiqxona qurish uchun ajratilgan 215,4 mln so`m imtiyozli kreditni o`zi norasmiy boshqarib kelayotgan “O.C.” va “B.T.” MChJlarning hisob raqamlariga o`tkazib o`zlashtirish va rastrata qilish yo`li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar