Madaniy meros ob`ektlari ro`yxatida borligi tufayli sotilmay qolgan «Sharq» nashriyoti binolari ushbu ro`yxatdan chiqarildi.
Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 15 yanvardagi qarori bilan Milliy ro`yxatga tegishli o`zgartirish kiritildi. Unda Toshkent shahar Buyuk Turon ko`chasi 41-uyda joylashgan "Sharq" nashriyot-matbaa korxonasi binolari Moddiy madaniy merosning ko`chmas mulk ob`ektlari milliy ro`yxatidan chiqarib yuborilgan.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi 2023 yil 20 sentyabrida «Sharq» nashriyot-matbaa korxonasi binolari va O`zA binosini yagona mulkiy majmua sifatida savdoga qo`ygan edi.
Shundan keyin Madaniy meros agentligi har ikkala bino O`zbekiston moddiy madaniy merosning ko`chmas mulk ob`ektlari milliy ro`yxatiga kiritilganini eslatib, ularni auksiondan olib tashlash bo`yicha ogohlantirish bergan edi.






