1

Toshkentda odamlarni aldagani aytilayotgan avtosentr rahbarlari qamoqqa olindi

Jinoyat 23.01.2024, 16:52
Toshkentda odamlarni aldagani aytilayotgan avtosentr rahbarlari qamoqqa olindi

Ijtimoyi tarmoqlarda Toshkentdagi avtosentrlarning birida odamlarni aldab ketishgani aytilgan videomurojaat tarqaldi. 

Ushbu holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov darakchi.uz'ga ma`lumot berdi.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB TB tomonidan JKning 168-moddasi 4-qismi "a" bandi bilan qo`zg`atilgan jinoyat ishi yuzasidan tergov olib borilgan.

Jinoyat ishi doirasida 5 nafar (3 tasiga "qamoq" ehtiyot chorasi, 2 tasiga sirtdan "qamoq" ehtiyot chorasi qo`llanilib, "qidiruv" e`lon qilingan) shaxslar tergovga jalb qilingan.

Hozirda tergov harakatlari yakunlanib, ish sudga yuborish arafasida turibdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1