1

Qo`shrabotda 753 mln so`mlik elektr energiyasini o`g`irlagan shaxslar aniqlandi

Jinoyat 23.01.2024, 19:09
Qo`shrabotda 753 mln so`mlik elektr energiyasini o`g`irlagan shaxslar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qo`shrabot tuman bo`limi, tuman prokuraturasi va DXX xodimlari bilan hamkorlikda  tezkor tadbir o`tkazildi. Bu haqda Departament Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Unda fuqaro B.X. va boshqalar o`zaro til biriktirib, noqonuniy ravishda toshlarni qazib olish, qayta ishlash va sotish faoliyatini amalga oshirish uchun hech qanday hujjatsiz elektr tarmog`iga tijorat maqsadida ulanib olib, jami 753 mln so`mlik elektr energiyasini o`g`irlaganliklari aniqlangan. 



Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o`g`rilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1