1

Toshkentda taksi haydovchisini o`ldirgan 24 yoshli yigit 18 yilga qamaldi(video)

Jinoyat 23.01.2024, 22:32
Toshkentda taksi haydovchisini o`ldirgan 24 yoshli yigit 18 yilga qamaldi(video)

Jinoyat ishlari bo`yicha Yakkasaroy tuman sudida taksichini o`ldirgan 24 yoshli sudlanuvchiga hukm o`qildi. 

Ma`lum qilinishicha, qotillik 2023 yilning 21 avgust kuni soat 22:00 larda Mirzo Ulug`bek tumanining “Feruza” mahallasida sodir bo`lgan. 

23 yoshli marhum haydovchi T.B. o`ning "Malibu-2" avtomashinasida "Yandex Go" internet ilovasi orqali taksi xizmatini ko`rsatib tirikchilik qilib yurgan. 

Qotil taksi chaqirib, haydovchining yonidagi puli va qimmatbaho buyumlarini o`zlashtirishni ko`zlagan. Biroq voqea joyiga boshqa mashinaning kelib to`xtagani tufayli niyatini yakuniga etkazolmagan yigit voqea joyidan qochib ketgan. 

Ko`rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan haydovchi og`ir tan jarohatlari oqibatida shifoxonada vafot etgan.

Jinoyat ishlari bo`yicha Yakkasaroy tuman sudi sudyasi Fozil Abdushukurov raisligidagi sudlov hay`ati qotillik jinoyatini sodir etgani aytilgan sudlanuvchini Jinoyat kodeksining 97-moddasi “v”, “j”, “i” bandlari (tamagirlik niyatida aybdorga ayon bo`lgan ojiz ahvoldagi shaxsni  o`ta shafqatsizlik bilan o`ldirish) 164-moddasi 3-qismi “g” bandi (badanga og`ir shikast etkazgan holda bosqinchilik qilish) bandi bilan aybdor deb topib, uni 18 yilga ozodlikdan mahrum qildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1