AsosiyJamiyat

Asaka tumani prokurorining o`rinbosari pora bilan ushlangani haqidagi xabarga izoh berildi

'Asaka tumani prokurorining o`rinbosari pora bilan ushlangani haqidagi xabarga izoh berildi'ning rasmi

Andijon viloyati prokuraturasi va Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi xodimlari ishtirokida o`tkazilgan tezkor tadbirda, bir fuqaro Asaka tumani prokuraturasi ish yurituvidagi jinoyat ishi bo`yicha engillik qilib berishni va`da qilib, firibgarlik yo`li bilan boshqa fuqarodan talab qilingan 15 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, gumonlanuvchi shaxs prosessual tartibida ushlandi.

“Asaka tumani prokurorining o`rinbosari tadbirda pora bilan qo`lga tushganligi haqidagi ma`lumotlar mutlaqo haqiqatga to`g`ri kelmaydi”, deyilgan xabarda.

    Boshqa yangiliklar