AsosiyJamiyat

O`zbekistonda yangi pensionerlar haqida ma`lumot berildi

'O`zbekistonda yangi pensionerlar haqida ma`lumot berildi'ning rasmi

Pensiya jamg`armasi 2023 yilda respublikada qancha fuqaroga yangi pensiyalar tayinlanganini ma`lum qildi.

Xabarga ko`ra, 2024 yil 1 yanvar holatiga mamlakatda pensiya oluvchilarning umumiy soni 3 million 930 ming 400 nafarga etgan. Bu raqam O`zbekiston aholisining 10,7 foiziga teng.

2023 yilda Pensiya jamg`armasi hududiy tuman (shahar) bo`limlari tomonidan 292 ming nafar fuqaroga yangi pensiyalar tayinlangan. Shundan 241,2 ming kishi yoshga doir pensiya, 32,2 ming kishi nogironlik pensiyasi va 18,6 ming oila boquvchisini yo`qotganlik pensiyasini ola boshlagan.

    Boshqa yangiliklar