Xitoyga davlat tashrifining ishbilarmonlik dasturi davomida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev CNPC neft-gaz korporasiyasi raisi Day Xoulyanni qabul qildi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuvda O`zbekistonda erosti gaz saqlash sig`imlarini barpo etish va gaz etkazish tizimlarini modernizasiya qilish, zamonaviy burg`ilash texnologiyalarini joriy qilish va neft-gaz tarmog`i uchun mutaxassislar tayyorlash bo`yicha istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
24.01.2024 13:59
Shavkat Mirziyoev CNPC neft-gaz korporasiyasi raisi Day Xoulyanni qabul qildi






