AsosiyJinoyat

Mirishkorda 765,6 mln so`mlik qum-shag`al aralashmasini noqonuniy qazib olish holati aniqlandi

'Mirishkorda 765,6 mln so`mlik qum-shag`al aralashmasini noqonuniy qazib olish holati aniqlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kasbi tuman bo`limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi. Bu haqda Departament Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Unda fuqarolar N.L., M.M va boshqalar Mirishkor tumani “Shodlik” MFY hududida “M.t.” MChJga ijaraga berilgan er maydonida 12,7 ming kub hajmdagi qum-shag`al aralashmasini noqonuniy ravishda qazib olib, davlat va jamiyat manfaatlariga 765,6 mln so`m zarar etkazganliklari aniqlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-moddasi (o`zboshimchalik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
 

    Boshqa yangiliklar