DXX Samarqand viloyati Boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari tomonidan navbatdagi faol tadbiro`tkazildi. Bu haqda darakchi.uz'ga DXX Samarqand viloyati Boshqarmasi xabar berdi.
Tadbir davomida 1979 yilda tug`ilgan, “Samarqand suv ta`minoti” MChJ nazoratchisi vazifasida ishlovchi M.A. Samarqand shahridagi MChJlarning biridagi suv iste`molida aniqlangan kamchilik uchun 100 million so`m miqdorida jarima tayinlamaslik evaziga jamiyat xodimlaridan pul mablag`larni talab qilib, 800 AQSh dollarini pora tariqasida olayotgan vaqtda qo`lga olindi.
Hozirda ushbu mansabdor shaxsga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari oli borilmoqda.