Evropa tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “Samarqand shahar jamoat transporti uchun elektrobuslar xarid qilish va ular bilan bevosita bog`liq infratuzilmani yaratish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi prezident qarori qabul qilindi.
ETTB bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan "Samarqand shahar jamoat transporti uchun elektrobuslar xarid qilish va ular bilan bevosita bog`liq infratuzilmani yaratish” loyihasi doirasida 100 dona Yutong elektrobuslari va 50 ta quvvatlash qurilmasi xarid qilinadi.
Loyiha doirasida xarid qilinadigan elektrobuslar va quvvatlash qurilmalari xususiy sektorga (tashuvchilarga) eng yaxshi takliflarni tanlab olish yo`li bilan moliyaviy ijaraga beriladi.
Xarid qilinadigan elektrobuslar loyiha doirasida tanlab olingan muntazam shahar avtobus yo`nalishlariga brutto-shartnoma asosida, istisno tariqasida, to`g`ridan-to`g`ri 7 yil muddatga biriktiriladi.






