Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan "Kitob tumanidagi maktab o`quvchisi kaltaklandi" sarlavlasi video murojaatga rasmiy munosabat bildirildi.
Viloyat maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmasining ma`lum qilishicha, Kitob tumani “Anorzor” MFY, Shatri qishlog`ida yashovchi voyaga etmagan Sh.Q. Kitob tuman IIB boshlig`i nomiga ariza bilan murojaat qilgan.
Unda 2023 yilning 22 dekabr kuni soat 10:30larda Kitob tumanida joylashgan 55-sonli maktabda informatika darsida o`tirgan vaqtida o`qituvchi o`rtog`ini haqorat qilganligini ko`rib, “ustoz hammani oldida to`g`ri ish qilmadingiz”-deb aytgan uchun P. Z. va P. J.lar haqorat qilib, urib tan jarohati etkazganini bildirib, F.Z.Primov va boshqalarga nisbatan qonuniy chora ko`rishni so`rab murojaat qilgan.
Kitob tuman Tibbiyot birlashmasi Sh.T.B.Yoning 8662/1458-sonli ma`lumotnomasida fuqaro Q.Sh.(o`quvchi) ning tanasida bosh miya chayqalishi, boshning yuqori tepa yumshoq to`qimalarining lat eyishi, burun soxasi yumshoq to`qimalaring lat eyishi ko`rinishidagi tan jarohatlari aniqlanganligi ko`rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan 29.12.2023 yilda O`zbekiston Respublikasi JKning 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan va hozirda jinoyat ishi bo`yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.
"Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmasi o`qituvchi tomonidan o`quvchiga kuch ishlatish, tazyiq o`tkazishini qo`llab-quvvatlamaydi. Bu holat inson huquqlariga ham ziddir", - deyiladi munosabatda.






