“O`zgidromet” xabariga ko`ra, bugun kunduzi ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, ayrim joylarda kechga tomon qorga aylanishi mumkin. Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi, Farg`ona vodiysi viloyatlarida kechga tomon ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi mumkin. Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm viloyatida yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 5-10° iliq, shimolda 2-7° sovuq bo`ladi.
Poytaxtda kunning ikkinchi yarmida yomg`ir yog`adi, kechga tomon qorga aylanishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 7-9° iliq bo`ladi.
Tog`li hududlarda ba`zi joylarda qor yog`adi, tuman tushadi. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog`li hududlarida qor ko`chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3-8° iliq bo`ladi.






