Monte-Karlodagi 46-xalqaro festivalda 16 mamlakatdan tashrif buyurgan 100 dan ortiq festival ishtirokchilari o`zlarining eng yaxshi chiqishlarini namoyish etdilar. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.
O`zbek davlat sirki vakillari Darina Matveeva va Sanjar Xasanovlar “Kumush masxaraboz” faxriy mukofotiga sazovor bo`lishdi.
Artistlarimiz tishlarida osilish bo`yicha jahon rekordini o`rnatishdi. Ularni Monako shahzodasi va malikasi hamda butun zal olqishladi.






