AsosiyJamiyat

Bugun ham O`zbekistonning qator hududlarida qor yog`adi

'Bugun ham O`zbekistonning qator hududlarida qor yog`adi'ning rasmi

“O`zgidromet” xabariga ko`ra, bugun kunning birinchi yarmida ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2-7° iliq, shimolda 0-5° sovuq bo`ladi.

Poytaxtda kunning birinchi yarmida qor yog`adi, tuman tushishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 3-5° iliq bo`ladi.

Tog`li hududlarda ba`zi joylarda qor yog`adi, tuman tushadi. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog`li hududlarida qor ko`chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5° sovuq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar