Adliya vazirligi tomonidan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi o`tkazilmoqda.
Huquqiy aksiya doirasida: Izboskan tumanida yashovchi Inoyatxon xolani tug`ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi mavjud bo`lmaganligi bois tug`ilganlik haqidagi guvohnomasini olmagan va yoshligidan Asaka tumanidagi nogironligi bo`lgan bolalar maktab internatida hamda 1993 yildan "Muruvvat" internat uyida yashagan.
Izboskan tumani adliya bo`limi tomonidan Inoyatxon xolani tug`ilganlik fakti sud idoralari orqali tasdiqlandi va FHDYo bo`limi tomonidan tug`ilganlik haqidagi guvohnoma rasmiylashtirib berildi, deya xabar bermoqda Adliya vazirligi axborot xizmati.
Endilikda, tuman Migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo`limi tomonidan identifikasiyalovchi ID-karta rasmiylashtirish masalasi ko`rib chiqilmoqda, deyiladi xabarda.
26.01.2024 18:34
Izboskan tumanida yashovchi 60 yoshli onaxon tug`ilganlik haqida guvohnoma oldi






