“O`zgidromet” xabariga ko`ra, bugun respublika bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat kunning ikkinchi yarmida Buxoro, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi mumkin. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 5-10° iliq, shimolda 1° sovuq-4° iliq bo`ladi.
Poytaxtda yog`ingarchilik kutilmaydi. Ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 8-10° iliq bo`ladi.
Tog`li hududlarda ba`zi joylarda qor yog`adi, tuman tushadi. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog`li hududlarida qor ko`chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 2-7° iliq bo`ladi.






