Marg`ilonda bir oiladan olti kishi vafot etdi. Bu haqda “darakchi.uz” manbasi xabar qilmoqda.
Ma`lum bo`lishicha, kecha, 26 yanvar kuni Marg`ilon shahar,"Vatan" MFY dagi ko`p qavatli uyning 4-qavatidagi xonadondan 6 nafar fuqaroning jasadi aniqlangan.
6 nafar fuqaro "Noma`lum etiologiyali zaharlanish" oqibatida vafot etganligi taxmin kilinmokda. Marhumlarning barchasi bir oila a`zolari hisoblangan va ulardan uch nafari go`daklardir.
Hozirda hodisa sabablari o`rganilmoqda.