AsosiyJamiyat

“Farg`ona suv ta`minot” nazoratchisini haqorat qilagan shaxs 10 sutkaga qamaldi

'“Farg`ona suv ta`minot” nazoratchisini haqorat qilagan shaxs 10 sutkaga qamaldi'ning rasmi

“Farg`ona suv ta`minot” MChJ nazoratchisini haqorat qilagan shaxs 10 sutkaga qamaldi. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar qilmoqda.

Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 25 yanvar kuni “Farg`ona suv ta`minot” MChJ Quvasoy shahar filiali nazoratchi xodimi B.S. (ayol) Cho`lpon MFY Ko`kterak ko`chasi 37-uyning ichimlik suvidan muddati o`tgan qarzdorliini unidirsh uchun borgan vaqtida shu uyda yashovchi 1989 yilda tug`ilgan fuqaro A.G uni jamoat joyida haqorat qilib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini buzgan.

Mazkur holat yuzasidan shahar IIB tomonidan A.G.ga nisbatan MJtKning 183-moddasiga asosan ma`muriy xujjatlar rasmiylashtirilgan va qonuniy qaror qabul qilish uchun JIB Quvasoy shahar sudiga yuborilgan.

Sudi fuqaro A.G. nisbatan yuqoridagi moddaga asosan 10 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinladi.


 

 


 

 


 

🔹Websayt | 🔹Telegram |🔹Facebook |🔹Instagram

    Boshqa yangiliklar