MIBning Namangan shahar bo`limi tomonidan ko`p miqdorda yo`l harakati qoidalarini buzgan haydovchidan jarimalar undirilgan. Bu haqda MIB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Taqdim qilgan ma`lumotga ko`ra, haydovchi 76 ta qoidabuzarlik qilib, jarimalarni vaqtida to`lamay kelgan.
MIB ishchi guruh tomonidan o`tkazilgan tadbirda qoidabuzar haydovchining mashinasi vaqtinchalik jarima maydonchasiga joylashtirilgan. Ma`lum bo`lishicha, haydovchi o`zi boshqaruvidagi mashinada asosan tezlikni belgilangan me`yordan oshirish hamda yo`l chiziqlarini bosib harakatlanish bilan bog`liq qoidabuzarliklarni sodir qilib kelgan.Qo`llangan jarimalarni esa 60 kun ichida to`lanmagach, hujjatlar MIB Namangan shahar bo`limi ish yurituviga kelib tushgan. Davlat ijrochisi tomonidan haydovchi qarzdorlikni bartaraf etish yuzasidan ogohlantirilgan.Olib borilgan ijro harakatlari davomida haydovchi 30,8 mln so`m jarimani to`lab, qarzdorlikni to`liq bartaraf qilgan.






