Sudyalar oliy kengashining sudyalik lavozimlariga tanlash va tayinlashga doir ochiq tanlov shaklidagi navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tdi. Bu haqda kengash matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, yig`ilishda vakolat muddati yakuniga etgan sudyalarni ushbu lavozimda bo`lishning navbatdagi muddatiga, ayrim sudyalarni muqobillik asosida vakolati muddati davriga qayta tayinlashga oid masalalar muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilingan.
Sudyalar oliy kengashi qarori bilan:
Ilhom Yuldashev – sudyalik vakolati muddati davriga Buxoro viloyati Buxoro tumanlararo iqtisodiy sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Buxoro viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo`yicha sudyasi lavozimidan ozod qilindi;
Hasan Mamarasulov – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Jizzax viloyati Forish tuman iqtisodiy sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Sirdaryo viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo`yicha sudyasi lavozimidan ozod qilindi;
G`ulomjon Kushiev – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Xorazm viloyati Urganch tumanlararo ma`muriy sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Navoiy viloyat ma`muriy sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;
Aziz Buriev – sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo`yicha Yakkasaroy tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo`yicha Chirchiq tumanlararo sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi.
Muzafar Hakimov — sudyalik vakolati muddati davriga Samarqand viloyati jinoyat ishlari bo`yicha Payariq tuman sudining sudyasi lavozimiga tayinlandi.
Shuningdek, vakolat muddati yakuniga etgan:
Dilshod Soatov – sudyalik lavozimida bo`lishning navbatdagi o`n yillik muddatiga Namangan viloyati Chust tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimiga;
Dilmurod Ochilov – sudyalik lavozimida bo`lishning navbatdagi o`n yillik muddatiga Navoiy viloyat ma`muriy sudining sudyasi lavozimiga;
Sardorbek Matniyazov – sudyalik lavozimida bo`lishning navbatdagi o`n yillik muddatiga Toshkent shahar ma`muriy sudining sudyasi lavozimiga;
Abdusaid Xojiev – sudyalik lavozimida bo`lishning navbatdagi o`n yillik muddatiga Toshkent shahar ma`muriy sudining sudyasi lavozimiga;
Abror Qudratov – sudyalik lavozimida bo`lishning navbatdagi o`n yillik muddatiga Sirdaryo viloyati Guliston tumanlararo ma`muriy sudining sudyasi lavozimiga;
Feruza Mo`minova – sudyalik lavozimida bo`lishning navbatdagi o`n yillik muddatiga Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo`yicha Ohangaron tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;
Latofat Mahammadieva – sudyalik lavozimida bo`lishning navbatdagi o`n yillik muddatiga Qashqadaryo viloyati fuqarolik ishlari bo`yicha Qarshi tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;
Majid Nabiev – sudyalik lavozimida bo`lishning navbatdagi o`n yillik, shundan besh yil muddatga Toshkent viloyati Bekobod tumanlararo iqtisodiy sudining raisi lavozimiga;
Tolmas Jabbarov – sudyalik lavozimida bo`lishning navbatdagi o`n yillik muddatiga Surxondaryo viloyati Sherobod tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimiga tayinlandi.
Bundan tashqari:
Rustam Hoshimov – sudyalik lavozimida bo`lishning besh yillik muddatiga Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo`yicha Chirchiq tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;
Bolat Sultonov – sudyalik lavozimida bo`lishning besh yillik muddatiga Toshkent viloyati jinoyat ishlari bo`yicha Zangiota tuman sudining sudyasi lavozimiga tayinlandi.






