AsosiyJamiyat

Tomdi tumaniga hokim vazifasini bajaruvchi tayinlandi

'Tomdi tumaniga hokim vazifasini bajaruvchi tayinlandi'ning rasmi

Tomdi tumani hokimligi majlislar zalida tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda bir qator tashkiliy masalalar yuzasidan faollar yig`ilishi bo`lib o`tdi. Ushbu yig`ilishda Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov ishtirok etdi.

Viloyat rahbari Tomdi tumani iqtisodiyotini rivojlantirish, aholining ijtimoiy sharoitlarini yaxshilash bo`yicha qator ishlar amalga oshirilayotganini qayd etdi.

Yig`ilishda Orzumurod Umarov Tomdi tumani hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi.

Ma`lumot o`rnida, lavozimga tayinlangunga qadar Orzumurod Umarov Tomdi tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag`allikni qisqartirish masalalari bo`yicha birinchi o`rinbosari-tuman iqtisodiy taraqqiyot va kambag`allikni qisqartirish bo`limi boshlig`i lavozimida ishlab kelgan.

Shuningdek, Normat Tursunov tomonidan Tomdi tumani hokimining birinchi o`rinbosari lavozimiga Karimbaev Jusipbek Kuanishevich tayinlanganligi e`lon qilindi.

    Boshqa yangiliklar