“100 yildan ortiq tarixga ega, o`z vaqtida milliy san`atimiz va jahon madaniyatining mashhur darg`alari o`zining betakror va yorqin iste`dodini namoyon etgan Toshkent shahri markazidagi sobiq madaniyat maskani bugun yangi qiyofa kasb etib, “Kasaba uyushmalari saroyi” sifatida qayta bunyod etildi”.
Prezident Shavkat Mirziyoev
Bugungi kunda ushbu maskanda aholiga madaniy hordiq bag`ishlovchi tadbirlar tashkillashtirish bilan bir qatorda, ko`plab iqtidorli bolajonlar vaqtini mazmunli o`tkazish va yangi talantlarni kashf etish uchun turli to`garaklar tashkillashtirilgan.
Barcha to`garaklar har bir bolajon uchun mutlaqo bepul qilib qo`yilgan. To`garaklar qaysi yo`nalishlarda faoliyat olib boradi?
2022 yil 24 iyul kuni O`zbekiston kasaba uyushmalari saroyi qoshida “Qaldirg`och” bolalar san`at markazi ish boshlash uchun rasman ruxsatnomaga ega bo`ldi. Shu yilning 28-29 avgust kunlari markazda “Ochiq eshiklar kuni” tashkil qilinib, ilk bor bolajonlarni qabul qildi. 25 sentyabr kuni esa turli yoshdagi bolajonlar uchun bepul mahorat darslari professional o`qituvchilar tomonidan tashkil qilindi.
Nima uchun aynan shu yo`nalishlar tanlangan?
Bugungi kunda “Qaldirg`och” studiyasi ettita yo`nalishda o`z faoliyatini olib bormoqda. Bular:
Xoreografiya;
Aktyorlik mahorati;
Vokal san`ati;
Tasviriy san`at;
Libos dizaynerligi, bichish va tikish;
Milliy cholg`u asboblari ijrochiligi;
Ovoz rejissyorligi.
Studiyalar bolajonlar uchun kanchalik kerak va bu bola uchun nima beradi?
Aktyorlik mahorati studiyasi bolalarga ijodiy salohiyatini to`liq ochib beradi! Bundan tashqari, aktyorlik darslariga quyidagilar kiradi:
- Tasavvur, diqqat, konsentrasiya, xotira va ongli reaksiyani rivojlantirish.
- Komplekslardan xalos bo`lish va omma oldida gapirishdan qo`rqmaslik.
- Nutqni, diksiyani, musiqiy eshitishni rivojlantirish, to`g`ri nafas olishni shakllantirish.
- Harakatlarni muvofiqlashtirish va plastikasini yaxshilash.
- Intizom va o`z-o`zini tarbiyalash.
- Quvnoq va energiya chiqarish.
Tasviriy san`at (ranglar dunyosi) studiyasi:
Bolalar o`zlarini namoyon qilishlari va iste`dodlarini ochishlari uchun ijodiy erkin bo`lishlari kerak. Buning uchun chizish juda yaxshi. "Qaldirg`och" san`at markazida badiiy va modellashtirish to`garagi mavjud bo`lib, unda mashg`ulotlar:
- Qo`llarning nozik motorli ko`nikmalarini rivojlantiradi;
- Xotirani tarbiyalaydi;
- Tasavvur va ijodiy qobiliyatlarni rivojlantiradi;
- Organizmdagi taranglik va taranglikni tinchlantiradi, bartaraf qiladi.
Raqs san`ati studiyasi:
Qizlar uchun raqs san`ati bolaning barkamol rivojlanishiga yordam beradigan eng jo`shqin, nafis va estetik sport turlaridan biridir.
- Jismoniy tayyorgarlikni yaxshilaydi. To`g`ri turish va yurishning shakllanishiga yordam beradi.
- Salomatlikni mustahkamlaydi. Muntazam jismoniy mashqlar mushaklarni mustahkamlaydi va immunitetni oshiradi.
- Intizomli, qat`iyatlilikni rivojlantiradi.
- Ritm hissi va estetik didni shakllantiradi.
Bolalarning studiyada o`rgangan mashg`ulotlari katta sahnada sinovdan o`tkaziladi.
Kasaba uyushmalari saroyida 25 dekabrdan 10 yanvargacha Yangi yil bayrami uchun bosh rejissyor Ruslan Sherezdanov boshchiligida “Qaldirg`och” bolalar ijodiyot studiyasi o`quvchilari va o`qituvchilari ishtirok etgan ajoyib ertak spektakli sahnalashtirildi.
Yaxshilik va ezgulikka chorlovchi, ko`proq kitob o`qishga targ`ib etuvchi tarbiyaviy ahamiyatga ega ushbu asardagi rollarni saroy qoshidagi "Qaldirg`och" bolalar san`at markazi ishtirokchilari ijro etishdi. 25 dekabrdan 10 yanvargacha davom etgan ushbu musiqiy ertak spektaklida bolalarning bo`sh vaqtini mazmunli o`tkazishda o`z hissasini qo`shibgina qolmay yosh iqtidorlar ham kashf qilindi.
Bizning studiyaga kelgan har bir bola katta sahnada o`z chiqishlari bilan nafaqat muxlislarni, balki ota-onalarini ham quvontirdi. Ushbu musiqiy ertak spektakli 10 yanvar kuni so`nggi namoyishni taqdim etdi va tadbir so`ngida barcha bolajonlarga O`zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi tomonidan esdalik sovg`alar topshirildi.
Hozirda studiya eshiklari 6 yoshdan katta bo`lgan barcha bolalar uchun ochiq. Bugungi kunda studiyamizda 150 ga yaqin bola tanlov asosida saralanib, bepul to`garaklarga qatnashmoqda.
"Qaldirg`och" studiyasi menejeri
NARGIZA ERGAShEVA tayyorladi