Xitoy Xalq Respublikasida bo`lib turgan Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzaev boshchiligidagi delegasiya tadbirkorlar bilan muloqot qildi, yangi loyihalar xususida dastlabki muzokaralar o`tkazdi.
Shuningdek, Tianjin shahrida Toshkent viloyatining vakolatxonasi bugundan ish boshladi. Shu bilan Toshkent viloyatining Xitoy Xalq Respublikasidagi to`rtinchi vakolatxonasi ochildi. Avvalroq, Shenchjen, Urumchi, Bochjou shaharlarida ham shunday vakolatxonalar ochilgan edi.
Eslatib o`tamiz, ayni paytda viloyatimizda Xitoy tomoni bilan hamkorlikda 400 dan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.






