AsosiyJamiyat

Sirdaryoda ota o`z o`g`liga nikoh o`qidi

'Sirdaryoda ota o`z o`g`liga nikoh o`qidi'ning rasmi

Sirdaryoda hali 17 yoshga kirmagan kelinga o`qilgan shar`iy nikohni mulla yoki domla emas, balki kuyovning otasi o`qigani fosh bo`ldi. Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari ishni ma`muriy huquqbuzarlik sifatida sudga yubordi, deya yozmoqda "Zamon.uz". 

17 yoshga ham kirmagan qizning nikohini birov bilmasin, qabilida o`qilishi noqonuniy ish ekani o`z tasdig`ini topgan bo`lsa-da Cirdaryo tumanida istiqomat qiluvchi oila vakillari qonun va sha`riyat talablari emas, balki o`zaro xohish istaklarini hisobga oldi.

Sudda ulardan muzkur huquqbuzarlikni sodir etish sababi so`ralganda erkak ayolining ahvoli og`irligi, to`y xarajatlarni qisqartirish maqsadida o`z yubileyiga qo`shib o`g`lining to`yini ham o`tkazib yuborishni maqsad qilganini aytib, ko`rsatma berdi.

"Sudlanuvchi fuqarolik ish tartibida ajrashmagan o`g`lini 17 yoshga to`lmagan shaxs bilan shar`iy nikohini o`qib, Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 472 moddasining 3-qismida ko`rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topildi. Sudlanuvchining yoshini hisobga olib unga bazaviy hisoblash miqdorining 8 baravari miqdori, ya`ni 2 million 720 ming so`m jarima jazosi tayinlandi", — deydi Jinoyat ishlari bo`yicha Sirdaryo tuman sudining raisi Odil Mannatov.

Sha`riy nikohni kimlar o`qishga haqli?

"Shar`iy nikohni O`zbekiston musulmonlar idorasi tizimidagi imom-xatiblar va noiblar, albatta, nikoh qonuniy qayd etilgan fuqarolarga o`qishi maqsadga muvofiq. Ba`zida ataylab, shar`iy nikoh bilan oila qurdirib, kelin olishga harakat qilayotgan oilalar, afsuski, uchrab turibdi. Ular "kelin yaxshi chiqsa keyinchalik qonuniy rasmiylashtiramiz, mabodo yaxshi chiqmasa unga ajrimda hech narsa bermaslikni o`ylamoqda", — deydi "Ahmad ibn Malik" jome masjidi imom xatibi Nurmuhammad Narzullaev.

Demak, shar`iy nikohni o`qib qo`yayotganlar uning huquqiy oqibatalirin ham yaxshi bilishadi.

Shar`iy nikohni vaziyat taqazosi deya baxona qilayotganlar qonunni bilmaslik jazodan ozod qilmasligini sud zalida tushunib etdi. O`g`liga shar`iy nikoh o`qigan otaninig so`nggi pushaymoni esa bir oilaga qimmatga tushdi.

    Boshqa yangiliklar