Bugun, 27 yanvar kuni soat 21:00 larda Shayxontohur tumani Ko`kcha Darvoza ko`chasi, Mumtoz to`yxonasi qarshisida ayanchli yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi.
1995 yilda tug`ilgan F.R. boshqaruvida bo`lgan KIA rusumli avtomashina hamda Malibu 2 rusumli avtomashina (haydovchisi shifoxonaga olib ketilgani sababli shaxsiga hali aniqlik kiritilmagan) to`qnashib ketgan.
YTH natijasida Malibu 2 rusumli avtomashinasi haydovchisi tan jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Holat bo`yicha Toshkent shahar IIBB YHXB mas`ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






