AsosiyJamiyat

Bugun respublika bo`ylab ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi

'Bugun respublika bo`ylab ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi'ning rasmi

"O`zgidromet" xabariga ko`ra, bugun respublika bo`yicha ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm viloyatida yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 8-13° iliq, shimolda 0-5° iliq bo`ladi. 

Poytaxtimizda yomg`ir yog`ishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 10-12° iliq bo`ladi. 

Tog` oldi va tog`li hududlarida vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi, ba`zi joylarda kuchli bo`lishi mumkin. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog`li hududlarida qor ko`chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 2-7° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar