Adliya vazirligi tomonidan o`tkazilgan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida bir hafta davomida 1250 nafar shaxslarga tegishli hujjatlar rasmiylashtirib berildi.
Huquqiy aksiya doirasida:
- 165 nafar shaxslarning tug`ilishi qayd qilinib, tug`ilganlik haqida guvohnoma berildi;
- 170 nafar shaxslarni qarindoshining o`limi qayd qilinib, o`lim haqida guvohnoma berildi;
- 464 nafar shaxslarga tug`ilganlik va o`lim haqida takroriy guvohnomalar berildi;
- 48 nafar shaxslarga ID-kartalar berildi;
- 276 nafar shaxslarga tegishli tadbirkorlik sub`ektlari davlat ro`yxatidan o`tkazib berildi;
- 127 nafar shaxslarning ko`chmas mulk ob`ektlarini davlat ro`yxatidan o`tkazishda yuzaga kelgan muammolari bartaraf etilib, davlat ro`yxatidan o`tkazildi.
- 2777 nafar shaxslarga elektron raqamli imzo berish, “Mobile-ID” dan ro`yxatdan o`tkazish, kadastr pasportini shakllantirish va boshqa turdagi davlat xizmatlari sayyor shaklda ko`rsatildi.






