Ijtimoiy tarmoqda Andijon viloyatida joylashgan «Do`stlik» chegara-bojxona postida xodim ayolning yukini erga otib, tepgani aks etgan video tarqaldi.
Mazkur videoni viloyat bojxona boshqarmasi tomonidan tegishli tartibda o`rganilganda holat 2023 yil 25 oktyabr kuni sodir bo`lgani aniqlangan.
“Hozirda xodimning xatti-harakatiga nisbatan xizmat tekshiruvi tayyorlanib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Natijasi bo`yicha qo`shimcha ma`lumot beriladi”, — deyiladi xabarda.






