Bu haqda Qashqadaryo viloyat sudi axborot xizmati ma`lum qildi.
Ma`lum qilinishicha, 2024 yil 29 yanvar kuni jinoyat ishlari bo`yicha Nishon tuman sudida A.Abjalilov (1974 yilda Namangan viloyatida tug`ilgan, blogerlik faoliyati bilan shug`ullangan, “Achchiq haqiqat” MChJ rahbari) ga oid jinoyat ishini ko`rib chiqish bo`yicha ochiq sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi e`lon qilingan.
E`lon qilingan sud hukmiga muvofiq A. Abjalilov Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) 2-qismi “a”, “v” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o`tash belgilandi.
Birinchi instansiya sudining hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Qashqadaryo viloyat sudiga shikoyat berish va protest keltirishga haqliligi ma`lum qilinadi.