Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sayxunobod tuman bo`limi hamda DXXning Guliston tuman bo`linmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o`tkazildi. Bu haqda Departament Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unda Sayxunobod tuman elektr tarmoqlari korxonasi muhandisi M.S. “P-K.” fermer xo`jaligida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilganligi holati bo`yicha tuzilgan dalolatnomani yo`q qilib berishi evaziga ushbu fermer xo`jaligi rahbarining ukasi Sh.Yu.dan 400 AQSh dollari va 1 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






